Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi faollari bilan navbatdagi uchrashuv va o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
Deputat qabuli: Fuqarolar murojaatlari joyida hal etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 11-«O‘rmonbog‘» saylov okrugi deputati N.Shomatov «Mo‘yi-muborak» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, fuqaro Z.Xalilova oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalada, fuqaro A.Soliyeva esa mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan o‘z murojaatini yo‘lladi.

Deputat, mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda murojaatlarni atroflicha o‘rganib chiqdi hamda ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.

Natijada fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqilib, murojaatchilarning talablari qanoatlantirildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1