Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda
янв.21
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati A.Mamatkulov tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 134-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Xususan, 2025-yil va 2026-yilning birinchi choragi davomida har bir mahalla kesimida alohida tartibda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berish talab etilgan.

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash;
Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur ehtiyojlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lovlari;
Uy-joylarni ta’mirlash, shu jumladan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘lar;
Kommunal xizmatlar va ular bo‘yicha qarzdorliklarni qoplash;
Ko‘mir va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlari;
Yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘rsatilgan yordamlar;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar;
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamlar;
Ko‘p qavatli uy-joylarga pandus va ko‘tarish moslamalarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar yuzasidan ma’lumotlar so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2