Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
TUMAN KENGASHI DEPUTATI VA KADASTR AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 TUMAN KENGASHI DEPUTATI VA KADASTR AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA
QILINDI


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari doimiy komissiyalar kesimida
tashkilot va korxonalarga biriktirilgan bo‘lib, mazkur tizimning asosiy maqsadi
deputatlar va biriktirilgan muassasalar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish, zarur ma’lumotlarni deputatlar orqali olish hamda amaliy hamkorlikni
ta’minlashdan iboratdir.


Mazkur maqsadlardan kelib chiqib, xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati
Y.Axmedaliyev kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov bilan birgalikda o‘ziga
biriktirilgan “Kadastr agentligi” tuman bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyati
bilan yaqindan tanishdi hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro axborot
almashinuvini yo‘lga qo‘yish va amaliy muloqotni kuchaytirish yuzasidan jamoa
a’zolari bilan ochiq suhbat o‘tkazdi.


Muloqot davomida yer resurslarini hisobga olish, kadastr tizimini
takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda sohadagi mavjud
muammo va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, deputat va
muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy ishlar orqali yanada rivojlantirish,
xizmatlar sifatini oshirish hamda tizim samaradorligini kuchaytirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
  

Slide 1 of 2