Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Jamoatchilik eshituvida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘rganuvida natijadorlik
янв.21
Deputatlarning 2026-yil iyul oyi davomida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarini o‘tkazish reja-jadvali.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil iyul oyi uchun tasdiqlangan ish rejasi.
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI O‘TKAZILDI

Zarbdor tumani Lalmikor mahallasidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ruhda tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Islomiddin Allayarov ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat bitiruvchi yoshlarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana bilan qutlab, ularga kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. O‘z so‘zida yoshlarni doimo izlanishda bo‘lish, zamonaviy bilimlarni egallash hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga chaqirdi.

Bayram tadbirida o‘quvchilarning sahna chiqishlari, ustozlarga bag‘ishlangan samimiy tilaklar va bitiruvchilarning hayajonli lahzalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Slide 1 of 2