Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Dovlatov Zafarbek Boxromovich Pastom mahallasidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Temur Karimov faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida “Saxovat-ko‘mak” doirasida 12 ta oilaga oziq-ovqat, 1 ta oilaga kiyim-kechak yetkazilgani, yil boshidan buyon 63 ta oilaga moddiy yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.