Янгиликлар

DAYJEST (18-22-may 2026 yil)

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy haftada rejalashtirilgan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.

💎 18 may — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi raisi D.Artikov tomonidan Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari bilan birgalikda yig‘ilish tashkil etildi.
💎 19 may — Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Kengash huzuridagi ekspert guruhi va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda joriy oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni muhokama qildi.
💎 20 may — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
💎 21 may — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiev Galpak Arazdurdievich tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
💎 22 may — Kengash raisi Xidirbaev Rashid Xidirbaevich Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda tumandagi ijtimoiy ob’ektlarning hozirgi holatini o‘rgandi.

✨ Hafta davomida amalga oshirilgan tadbirlar hududlardagi infratuzilmani yaxshilash, aholi muammolarini o‘rganish, yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.