Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda o‘zi saylangan “Nurli kelajak” MFY “20-Seytmuratov” saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
📍 O‘rganish davomida:
🔹 yangidan qurilayotgan ob’ektlar
🔹 elektr uzatish liniyalari
🔹 elektr ustunlari (stolbalar)
🔹 ijtimoiy ob’ektlar holati joyida ko‘zdan kechirildi.
🔍 Hududdagi infratuzilmaning bugungi holati tahlil qilinib, mavjud masalalarga alohida e’tibor qaratildi.