Янгиликлар

Deputat mahalla aholisi bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida hududdagi mavjud masalalar, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ijtimoiy himoya, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat Gulirano Azimova mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholining murojaatlarini o‘rganib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.

Bunday uchrashuvlar mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga amaliy ko‘mak berishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1