Янгиликлар

EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?

EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?

Ekspert guruhi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning tarkibi va ish yuritish tartibi qonunchilik asosida belgilangan.

✅ Ekspert guruhi tarkibiga:
— rais;
— rais oʻrinbosari;
— kotib;
— aʼzolar kiradi.

🔹 Ekspert guruhi aʼzoligiga, qoida tariqasida:
— mahalliy Kengash deputatlari;
— Kengash kotibiyati xodimlari;
— faxriy deputatlar;
— ilmiy va taʼlim muassasalari mutaxassislari;
— jamoatchilik sohasida tajribali fuqarolar;
— NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qabul qilinadi.

📊 Ekspert guruhi tarkibi:
— viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida 20 kishigacha;
— tuman va shahar Kengashlarida 10 kishigacha shakllantiriladi.

📖 Ekspert guruhi tarkibi har yili mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.

🔹 Ekspert guruhi raisi:
— guruh faoliyatini tashkil etadi;
— majlislarni chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
— ish rejalari hamda bayonnomalarni tasdiqlaydi;
— aʼzolarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

🤝 Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida professional yondashuv, ochiqlik va samaradorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.