🔴Tadbir davomida nuroniy otaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning hayot yo‘llari va boy tajribalari haqida samimiy suhbat qurildi.
🔴Deputat o‘z nutqida yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan faxriylarni e’zozlash har birimizning insoniy burchimiz ekanligini alohida ta’kidladi.
🔴Ushbu ma’naviy muloqot yosh avlod qalbida o‘tganlar xotirasiga hurmat va keksalarimizga bo‘lgan yuksak ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🔴Bayram munosabati bilan nuroniylarga tuman Kengashi deputati tomonidan chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, samimiy tilaklar bildirildi.