Янгиликлар

✅“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Bugun, 19.05.2026-yil kuni Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi Sh.Dadaboyev boshchiligida deputatlar hamda kotibiyat faoliyatiga oid ustuvor vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-son Farmonida belgilangan “Kuchli Kengash, hisobdor hokim” tamoyili asosida mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar ish samaradorligini oshirish hamda navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik jarayonlarini jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Kengash faoliyatiga oid hujjatlarni sifatli tayyorlash, deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4