Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏛 Deputat va maktab rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi  

🔹 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat Q. Raxamov tomonidan “Chag‘atoy” mahallasida joylashgan 28-umumiy ta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi.

📚 Uchrashuv davomida maktab rahbariyati bilan ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’mirtalab hududlar yuzasidan fikr almashildi.

🔍 Shuningdek, 28-umumiy ta’lim maktabining ta’mirlash lozim bo‘lgan joylari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha maslahatlashildi.

🤝 Yakunda ta’lim muassasasida qulay shart-sharoitlar yaratish hamda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish yo‘lida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5