Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Obod mahalla — ravon va sifatli yo‘llardan boshlanadi!

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati M.Axmedova tashabbusi hamda aholi murojaatlari asosida “Gʻalchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Ozodlik” ko‘chasida keng ko‘lamli yo‘l ta’mirlash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ichki yo‘l uzoq yillar davomida mahalla aholisiga noqulaylik tug‘dirib kelgan bo‘lib, ayniqsa yomg‘irli mavsumda piyodalar va transport harakati uchun qator muammolar yuzaga kelayotgan edi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar asosida ushbu masala deputat nazoratiga olinib, amaliy ishlar boshlandi.

Hozirgi kunda hududda maxsus texnikalar jalb etilgan holda yo‘lni tekislash, asos qismini mustahkamlash hamda sifatli asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda. Jarayonning belgilangan standart va texnik talablar asosida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mahalla aholisi tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mamnuniyat bilan qarshi olinib, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi hududdagi transport qatnovi, piyodalar harakati hamda umumiy infratuzilma yaxshilanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, mazkur ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-27-11-166-K/26-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish hamda mahallalarni yanada obod maskanga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2