Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Jamoatchilik eshituvida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘rganuvida natijadorlik
янв.21
Deputatlarning 2026-yil iyul oyi davomida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarini o‘tkazish reja-jadvali.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil iyul oyi uchun tasdiqlangan ish rejasi.
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
INFRATUZILMA VA TADBIRKORLIK: YANGIOBOD MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH CHORALARI KO‘RILMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro’ziboyev va shahar hokimi B.Radjapovlar shahardagi Yangiobod mahallasidagi drayver loyihalarining borishini o’rgandilar. Jumladan, mahalla hududidan kesib o‘tgan zovurni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish va bo‘shagan maydonlarda zamonaviy tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish davomida ushbu loyiha nafaqat hududning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash, balki yerosti sizot suvlari sathini pasaytirish orqali aholi xonadonlari poydevori mustahkamligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Zovur ustida tashkil etiladigan savdo va xizmat ko‘rsatish
nuqtalari hisobiga o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali mahalladagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2