Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
Kengash qarori ijrosi joyida o'rganildi
Kengash qarori ijrosi joyida o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova tuman Kengashi bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan hamkorlikda “Yetimqum” mahallasida bo‘lib, o‘rganish ishlari doirasida mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari boshlanishi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ichki yo‘llarning holati, olib borilayotgan asfaltlash ishlari sifati hamda belgilangan rejalar asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Mahalla aholisining uzoq yillik murojaatlaridan biri bo‘lgan ichki ko‘chalarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari boshlanganligi fuqarolar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-18-24-8-113-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat davomida ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, aholiga qulaylik yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #A_Mamarajabov
Slide 1 of 4