Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Deputatlik so‘rovi asosida muammo joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Artikov Davron Omarbayevich tomonidan aholi murojaati asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” OFY hududidagi “Oq mang‘it” va “Sog‘lom avlod” ko‘chalari boshida joylashgan ichimlik suvi qudug‘i avtotransport harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJning tuman filialiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Bugun mazkur masala yuzasidan deputat mutasaddilar bilan uchrashib, joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi.

🛠 O‘rganish davomida:

▪️ muammoning aniq holati ko‘rib chiqildi

▪️ quduqni yer sathi bilan tenglashtirish va teksilash choralari muhokama qilindi

▪️ amaliy takliflar bildirildi

🤝 Masalani qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 3