Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Xirmontepa MFY hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-sonli qarori bilan, Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2025-yil uchinchi chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga mablag‘ ajratilib, belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorning ijrosi doirasida, 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tashabbusi bilan qarorga kiritilgan hudud -Xirmontepa MFY binosi oldi hamda 45-uy atrofini tartibga keltirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Mazkur loyiha doirasida umumiy maydoni 1 000 m² bo‘lgan hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jami 110 000,0 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

️Loyiha O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda Budjet Kodeksi asosida, shuningdek, tegishli qarorlar va deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarga muvofiq moliyalashtirildi.

 Bugungi kunda mazkur hududda belgilangan ishlar yakuniga yetkazilib, aholiga qulay va obod muhit yaratildi.

️Chilonzor tumani hududini yanada obod qilish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4