Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Jondor tumanida “Deputat va xotin-qizlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova tashabbusi bilan “Romish” mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir mahalla xotin-qizlar faoli hamkorligida o‘tkazilib, unda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Uchrashuv davomida xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy muhitni mustahkamlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

✔️Tadbir doirasida “Romish” mahalla xotin-qizlar faolining 2026 yilning 1-choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti ham eshitildi. Hisobotda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✔️Uchrashuv yakunida bu kabi muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3