Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari va Kengash huzuridagi “Ekspert guruhi” hamkorlikda mahallalarda oʻrganish ishlarini olib bordilar.
Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati Mirzaev Toʻlqin Temirovich va Kengash huzuridagi “Ekspert guruhi” a'zosi Normoʻminova Muhabbat tomonidan “Hamkorlik” “Xurshid” mahallalarida mahalla yettiligi ishtirokida uchrashuv oʻtkazib, ularing bir kunlik faoliyati atroflicha oʻrganildi. Oʻrganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta'minlash, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar samaradorligi o‘rganilib, mahalla yettiligi tomononidan koʻrsatilayotgan xizmatlar va amaliy natijadorlik holatlari tahlil etildi.
Shuningdek, sport maydonchalari ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektlarning holati, ularning aholiga, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi o‘rni alohida baholandi. Sport inshootlarining mavjudligi va jihozlanish darajasi mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.