Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog‘ mahallasida xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog‘ mahallasida xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari hamda uylar atrofidagi hududlarning sanitariya holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Natijalarga ko‘ra, ayrim kamchiliklar aniqlanib, xususan, hududlar tozaligi qoniqarsiz darajada ekanligi, kirish yo‘laklari esa ta’mirtalab holga kelgani qayd etildi.

️Mazkur holatlar O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi hamda “Aholi yashash joylarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid hisoblanadi. Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, boshqaruv tashkilotlari umumiy foydalanishdagi joylarning tozaligi va texnik holatini muntazam nazorat qilib borishi shart.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan boshqaruv kompaniyasiga tegishli ko‘rsatmalar berilib, mas’ullarga aniq muddatlar belgilandi. Ushbu masala deputat nazoratiga olinib, ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilishi belgilandi.

Hududlarda ozodalikni ta’minlash va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish — barchamizning ustuvor vazifamizdir.

Slide 1 of 5