Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlar dastur ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda 13-Oqbuloq saylov okrugi deputati M.Xasamiddinov tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha loyihalarining ijrosi bilan tanishish maqsadida “Oqbuloq” MFY hududida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan rekonstruksiya ishlari jarayonini o‘rgandi.

Mazkur tashrif davomida maktab hududida olib borilayotgan qo‘shimcha o‘quv bino qurilishi ishlari, ya’ni 180 o‘rinli zamonaviy ta’lim maskanini barpo etish jarayoni atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Deputatlar qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda loyiha talablariga mosligi yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbatlashdi.

Slide 1 of 8