📍 Sherobod tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
Mazkur tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda tuman Mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i O. Ostanaqulov ishtirok etdi.
🔍 O‘rganishlar davomida:
— eski 2 qavatli hamda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning sifati,
— yerto‘la qismlarining holati,
— aholiga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla hududidagi chiqindi tashlash joylarining holati o‘rganilib, hududni yanada obodonlashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
📊 Bundan tashqari, mahalla “yettiligi” faoliyati tahlil qilinib, mas’ullarning ish yuritish tartibi va hujjatlari ko‘zdan kechirildi.
🔧 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.