Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Jondor tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️Yig‘ilishda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari V.Saidov tomonidan Jondor tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag'larni yo'naltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ—325-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Jondor tumani budjetining qo'shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishni takomillashtirish to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. 

✔️Komissiya a’zolari tomonidan axborot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan takliflar ilgari surildi.

✔️Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5