📌 G‘O‘RIN-GILAMBOB MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI O‘RNATILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida G‘o‘rin-Gilambob mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
📋 Mazkur nazorat tadbiri PQ-141-son qaror ijrosini ta’minlash, xususan Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasidagi ishlarni o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
🏗 Loyiha doirasida mahallada 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 540 o‘rinli zamonaviy yangi bino qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
🔍 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli tavsiyalar hamda aniq topshiriqlar berildi.