Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Uzun tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Uzun tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

⬇️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli hamda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-14-14-8-118-K/26-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bahoriston mahalla fuqarolar yig‘inida deputat A.Bakiyev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva hamda hokim yordamchisi J.Mavlonov ishtirokida hududiy o‘rganish o‘tkazildi. Unda 2026-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar tahlil qilindi.

Amaliy natija:

Hududdagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida yakka tartibdagi tadbirkor I.Mamasoliyeva tomonidan muzqaymoq bari tashkil etildi.

Investitsiya: 70 mln so‘m maqsadli kredit;

Natija: Yangi tadbirkorlik subyekti ishga tushirilib, 6 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Bu kabi manzilli ishlar tumanda aholi iqtisodiy faolligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim omil bo‘lmoqda.