Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Deputat va kotibiyat mutaxassisi nazorati:

Deputat va kotibiyat mutaxassisi nazorati: Tomorqada innovatsiya va yuqori daromad

✨Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan "Yangi yo‘l" mahallasida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

💧 Suv tejovchi texnologiyalar — baraka omili

Navbatdagi o‘rganish manzili mahalla turg‘uni A.Obolov xonadoni bo‘ldi. Ushbu xonadon egasining tomorqaga bo‘lgan yondashuvi barchaga o‘rnak bo‘lgulik. Fuqaro o‘z tomorqasida tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu orqali ham suvni tejamoqda, ham hosildorlikni oshirmoqda.

✨Xonadondagi o‘rganish natijalari:

✨Ekin turlari: Hozirda tomorqada kartoshka va makkajo‘xori mahsulotlari barq urib rivojlanmoqda.

✨Tomchilatib sug‘orish orqali suv sarfi 40-50% gacha qisqargan bo‘lsa, o‘g‘itlash va ishlov berish samaradorligi ikki barobar ortgan.

✨Yerning har bir qarichidan foydalangan holda, bir mavsumda bir necha turdagi ekinlardan mo‘l daromad olish choralari ko‘rilgan.

✨"A.Obolov xonadoni misolida ko‘rib turibmizki, innovatsion texnologiyalardan foydalanish ham vaqtni, ham mablag‘ni tejaydi. Deputatlik faoliyatimizning 24 ta muhim tavsiyasida ham aynan shunday zamonaviy usullarni ommalashtirish asosiy vazifa qilib belgilangan," — deydi deputat S.Rajabova.