Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Deputat mahallada Investitsiya va sanoat — iqtisodiy barqarorlik poydevori

 Investitsiya va sanoat — iqtisodiy barqarorlik
poydevori
 

Piskent tumanining iqtisodiy salohiyatini
yuksaltirish, hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish
va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar xalq vakillarining doimiy
nazoratida.
 

Kuni kecha 21-Kelovchi saylov okrugi deputati («Milliy
tiklanish» DP a’zosi) hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
tomonidan hududdagi yirik investitsiya loyihalaridan biri — «ZHONGTIAN
SILICON-CHEMICAL» MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati o‘rganildi.
 

 Zamonaviy
ishlab chiqarish: Pigment bo‘yoqlar
 

Ushbu korxona pigment bo‘yoqlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan bo‘lib, Piskent sanoatida o‘ziga xos o‘ringa ega. O‘rganish
davomida korxonaning imkoniyatlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi:
 

 Maydoni: 3,6
gektar yer maydonida joylashgan bo‘lib, bino va inshootlar 4,3 ming m² ni
tashkil etadi.
 

🇨🇳 Texnologiya:
Ishlab chiqarish uskunalari va jihozlari to‘liq Xitoy Xalq Respublikasidan
keltirilgan.
 

 Loyiha quvvati:
Korxona yiliga 10 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
 

 Iqtisodiy
natijalar
 

Korxona 2025 yil yanvar oyidan to‘liq quvvat bilan
ishlay boshlagan bo‘lib, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishdi:
 

Ishlab chiqarish hajmi: 54 milliard so‘m; 

Eksport salohiyati: 4 million 324 ming dollar; 

Budjetga tushum: 1,2 milliard so‘m soliq to‘lovlari
amalga oshirilgan.
 

Ijtimoiy ahamiyat va ish o‘rinlari 

Eng muhimi, korxonada 224 nafar mahalliy aholi doimiy
ish bilan ta’minlangan. Ishchi-xodimlarning oylik maoshi mehnat samadorligiga
qarab 4,5 milliondan 11 million so‘mgacha bo‘lib, bu oilalar farovonligini
oshirishga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 5