Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Sog‘lom hayot sari 5000 qadam
янв.21
Inson qadri - ulug‘
янв.21
Vatan tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik hech qachon unutilmaydi
янв.21
Mahalla infratuzilmasi rivoji – ustuvor vazifa
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev kunlik Ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati B.Aliqulov saylangan 18-Sopollitepa saylov okrugiga qarashli “Sopollitepa” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla aholisi, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Deputat ijtimoiy xodim faoliyatini ijobiy baholab, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2