Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI

XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI

HAFTALIK ISH REJASI (24–27 mart)

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan 24–27 mart kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

📆 24-mart — Seshanba

“4-Gulbog‘” saylov okrugida deputat S. Gapparova tomonidan “Dashtbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkaziladi, ularning murojaatlari va takliflari o‘rganiladi.

👤 Mas’ul: kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar.

📆 25-mart — Chorshanba

🏛 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Kengashning 2026-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga asosan, Davlat kadastrlar palatasi Namangan shahar filialida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganiladi hamda natijalari muhokama qilinadi.

👤 Mas’ul: kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar.

📆 26-mart — Payshanba

📝 “30-Nurobod” saylov okrugida deputat O. Yusupov tomonidan “Alpomish” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Deputatlar kuni” munosabati bilan barcha deputatlar tomonidan saylov okruglarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda nazorat-tahlil ishlari amalga oshiriladi.

👤 Mas’ul: kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar.

📆 27-mart — Juma

📝 “13-Marg‘ilon” saylov okrugida deputat A. Nasritdinov tomonidan “Marg‘ilon” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-402-son qarori ijrosi o‘rganiladi.

👤 Mas’ul: kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar.

📊 Kelgusi ish kunigacha deputatlar tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuboriladi, ularning natijalari tahlil qilinadi hamda kelgusi haftaning ish rejasi shakllantiriladi.

️Eslatma: Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan nazoratga olinadi.