Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Kun tartibidagi kiyingi masala

Kun tartibidagi kiyingi masala  Termiz tumani mahallalar uyushmasi tomonidan “yettilik” faoliyati samarali tashkil qilinishi bo‘yicha 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Turdiyeva doimiy komissiyada muhokama etilganligi yuzasidan muzokara so'zi eshitilmoqda.

“Mahalla yettiligi” faoliyati yakunlari muhokama qilindi
Komissiya tomonidan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Termiz tuman bo‘limi hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan 2026-yil I-chorak (o‘tgan 4 oy) davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Tahlillarga ko‘ra, bandlikni ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish yo‘nalishida sezilarli natijalarga erishilgan. Jumladan, “Ombor daftari”dagi 2 230 nafar ishsiz fuqarodan 1 486 nafarining bandligi ta’minlangan, shuningdek, imtiyozli kredit va subsidiya ajratish orqali tadbirkorlik faoliyati kengaytirilgan. Ijtimoiy himoya yo‘nalishida ham ishlar davom ettirilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga amaliy yordamlar ko‘rsatilgan, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan. Shu bilan birga, ayrim mahallalarda jinoyatchilik holatlari “sariq toifa”da qolayotgani hamda oilaviy ajrimlar sonining ortgani profilaktika va xotin-qizlar faollari ishini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, “Mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, muammoli hududlarda manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.