Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashida deputatlar faoliyatini jonlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashida deputatlarning mahalliy darajadagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbir Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi raisi O‘.Tojiyeva raisligida tashkil etilib, unda mahalliy kengash deputatlari va soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar bilan ishlash tizimini zamon talablari asosida kuchaytirish hamda joylardagi muammolarni hal etishda xalq vakillarining rolini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi: Mahallalarda o‘rganishlar tashkil etish: Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mahallalardagi real ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish va bunda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan eng dolzarb masalalar belgilab olindi.

Doimiy komissiyalar faoliyati: Shahar kengashi qoshidagi doimiy komissiyalarning ish sifatini oshirish, ular tomonidan ijro hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish tizimini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Qonun hujjatlari ijrosida deputatlar o‘rni: Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlash ustidan parlament va deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish usullari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida deputatlar o‘z ish tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mahallalardagi infratuzilma, bandlik va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy taklif va mulohazalarini bildirdilar. Yakunda mahallalardagi tizimli muammolarni o‘rganish va ularni kengash sessiyalari muhokamasiga olib chiqish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4