Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi

Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

▫️Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

▫️Mazkur davra suhbatida viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi Gennadiy Kravchenya, viloyat Kengashi deputatlari Mehri Narbasheva, Bibixol Karimovalar deputatlik faoliyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'ruza qildi.

▫️Muhokamalar davomida mahalliy vakillik organlarining roli va mas’uliyatini oshirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik eshituvlari va qo‘shma monitoring mexanizmlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

▫️Deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, deputatlik so‘rovlari bilan ishlashni tizimlashtirish, qarorlar ijrosi ustidan monitoringni kuchaytirish hamda raqamli platformalar orqali ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va deputatlik nazorati ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.