Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
DEPUTATLAR TIBBIY XIZMATLAR SIFATINI OʻRGANDI

 DEPUTATLAR TIBBIY XIZMATLAR SIFATINI OʻRGANDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari
M.Sayfidinov, B.Sharipov, B.Abduraximov hamda Sh.Joʻrayevlar tomonidan
tumandagi 19-son oilaviy poliklinika faoliyati atroflicha oʻrganildi. 

Oʻrganish jarayonida poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan
tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon taʼminotining uzluksizligi, bemorlar uchun
yaratilgan sharoitlar hamda tibbiyot xodimlarining xizmat faoliyatiga alohida
eʼtibor qaratildi. 

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur poliklinika hududdagi 6043 nafar
aholiga 17 nafar malakali tibbiyot xodimi orqali tibbiy xizmat koʻrsatib
kelmoqda. 

Shuningdek, oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yildagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
muassasalarida davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning
kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 382-son qarori asosida
ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan dori-darmon vositalari uchun ajratilgan
42 million 300 ming soʻm mablagʻning maqsadli va samarali sarflanishi ham
tahlil qilindi. 

Bundan tashqari, poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar
bilan suhbatlar oʻtkazilib, ularning fikr va takliflari oʻrganildi. Oʻrganish
yakunida deputatlar tomonidan poliklinika rahbariyatiga aholiga
koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, zamonaviy
yondashuvlarni joriy etish, ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish,
dori-darmon taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda murojaatlarga oʻz
vaqtida yechim topish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.  

Slide 1 of 5