Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
YANGICHEK MAHALLASIDAGI 52-SON MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA

 YANGICHEK MAHALLASIDAGI 52-SON MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA 

Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputati Y.Axmadaliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028 yillarda O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, tumandagi Yangichek mahallasi hududida joylashgan 52-son maktabgacha
ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarining borishi joyiga
chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida qurilish
ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, loyiha hujjatlariga
muvofiqligi hamda ob’ektda mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilinishiga
alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur qurilish ishlari
“EFFEKT ELEGANT” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi zamonaviy talablar
asosida qayta rekonstruksiya qilinib, 2 qavatli, barcha qulayliklarga ega holda
barpo etilmoqda. Muassasa 260 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega
bo‘lib, bolalar uchun barcha sharoitlar - o‘quv xonalari, o‘yin maydonchalari,
oshxona va sanitariya-gigiena infratuzilmalari yangilangan holda tashkil
etiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 4
milliard 485 million 411 ming so‘mni tashkil etib, ushbu mablag‘lar doirasida
ob’ektni belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan foydalanishga topshirish
rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mas’ul tashkilot va pudratchiga qurilish
ishlarini yanada jadallashtirish, sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash hamda
belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va
ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 4