Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
❗️Dep Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi
#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Deputat Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi

🏛 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1109-son Qonunga muvofiq, mahalliy ijro hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qariyb 40 ta hududiy dasturlarni ishlab chiqib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tasdig‘iga kiritishi belgilangan.

📝 Biroq mazkur Qonun kuchga kirganiga 5 oy bo‘lishiga qaramay, ushbu hududiy dasturlar xalq deputatlari Kengashlariga kiritilmaganligi sababli, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan Toshkent shahar hokimi hamda 20 ga yaqin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga asoslantirilgan tushuntirish taqdim etilishi yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborildi.

📍 Mazkur hududiy dasturlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

1. Tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan mintaqaviy ekologiya dasturlari;

2. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlar;

3. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar;

4. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar;

5. O‘rmonlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish va ulardan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar;

6. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlar;

7. Hududiy ekologik dasturlar;

8. Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlar;

9. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi dasturlar;

10. O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi dasturlar;

11. Avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks mintaqaviy dasturlar;

12. Transport sohasidagi hududiy dasturlar;

13. Shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirish va transport harakatini tashkil etish rejalari;

14. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi dasturlari;

15. Mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi dasturlari;

16. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish dasturlari;

17. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi dasturlar;

18. Reproduktiv salomatlikni saqlash dasturlari;

19. Yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutish;

20. Huquqbuzarliklar profilaktikasi dasturlari;

21. Hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalari;

22. Yoshlarga oid davlat siyosati dasturlari;

23. Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish dasturlari;

24. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish dasturlari;

25. Turizmni rivojlantirish sohasidagi dasturlar;

26. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish dasturlari;

27. Ilmiy faoliyatga oid dasturlar;

28. Innovatsion faoliyat sohasidagi dasturlar;

29. Maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari;

30. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari;

31. Madaniy faoliyat sohasidagi dasturlar;

32. Shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks dasturlar;

33. Ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rivojlantirish dasturlari;

34. Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash dasturlari;

35. Yo‘l harakati sohasidagi dasturlar;

36. Ko‘chalar va xo‘jalik yo‘llarida yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha kompleks dasturlar;

37. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish dasturlari;

38. Kreativ iqtisodiyot sohasidagi dasturlar.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash