Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Aholi salomatligi va murojaatlari markazida – manzilli yondashuv

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Aholi salomatligi va murojaatlari markazida – manzilli yondashuv

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova boshchiligida 12-Mirzo G‘olib saylov okrugi hududidagi “Ziyokor”, “Mirzo G‘olib” va “Beruniy” mahallalarida aholi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik hamda fuqarolar qabuli tashkil etildi.

🩺 Tadbir davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, xususan aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi dolzarb muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Tibbiy ko‘rik jarayonida 86 nafardan ortiq fuqaroga imtiyozli funksional tekshiruvlar o‘tkazildi. Jumladan, mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra EKG va ultratovush tekshiruvlari amalga oshirilib, aholining salomatlik holati chuqur tahlil qilindi. Ko‘rikda nevropatolog, gastroenterolog, kardiolog, pediatr, revmatolog, nefrolog, endokrinolog hamda pulmonolog kabi malakali mutaxassislar ishtirok etib, har bir murojaatchi bilan individual suhbat o‘tkazdi, tashxislar aniqlashtirildi va zarur tavsiyalar berildi.

🤝 Shuningdek, mahallalarda tuman deputatlari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirokida deputat qabuli ham tashkil etilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal, tibbiy va infratuzilmaga oid masalalar atroflicha o‘rganildi.

📌Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa ijrosi yuzasidan qat’iy nazoratga olindi.

✅ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova tomonidan aholining salomatligini mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga yechim topish hamda mahallalarda ijtimoiy himoya va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan bu kabi manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10