Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Deputatlik nazorat-taxlil tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlari yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: Loyiha asosida tuman hududidagi 15 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugun mazkur mahallalarning qaysi biriga borilmasin, bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev va deputat T.Tangirovlar saylov okruglarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2024 yildagi PQ-141-sonli qaroriga asosan “Alpomish” va “Yangiyer” mahallalarida olib borilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurish, elektr tayanch ustunlari o‘rnatish va zamonaviy kabellar tortish ishlarining sifati bajarilishi bo‘yicha o‘rganib chiqishdi.

Bu amalga oshirilayotgan ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash va mahallalarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan mas’ullarga qurilish ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 9