Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi

Tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 15-yanvardagi KQ-291–V-sonli qaroriga muvofiq mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish hamda hududlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi tomonidan 2026-yil 26-fevral kuni tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish amaliyoti rejasi tasdiqlangan. Rejaga asosan 2026-yil 4-martdan 22-aprelga qadar tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida uchrashuv va tajriba almashuvlari tashkil etilmoqda.

Ushbu reja asosida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati xodimlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati jamoasi bilan uchrashib, o‘zaro tajriba almashdilar. Uchrashuv davomida deputatlar uchun tavsiya etilgan 24 ta yo‘nalishni amaliyotga samarali joriy etish, ularni deputatlar faoliyatiga yetkazish, zamonaviy texnologik vositalardan foydalanish hamda Kengashning axborot kanallarini boyitish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Olmazor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Raxmatullayev boshchiligidagi jamoa tomonidan kotibiyat faoliyatiga oid ish jarayonlari hamda yo‘lga qo‘yilgan amaliy tajribalar keng tanishtirildi.

Xususan, Kengash kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ilg‘or ish tajribalarini o‘zaro o‘rtoqlashish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov va bosh mutaxassislar Umidbek Abilov hamda Zarnigor Panjiyeva ishtirok etdi.

Bunday tajriba almashuvlari mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6