Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Xalq deputatlari viloyat hamda Guliston shahar Kengashi deputatlari E.Mansurskaya, Y.Usmonova va S.Bektemirovlar Bahor va Ibratli mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar ijrosi hamda ularning yechimi bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish, ijtimoiy muammolarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, shaharni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida 2026-yilda mahallalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish, obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash ishlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan Ibratli mahallasiga kirish qismiga svetafor o‘rnatish, Qadriyat ko`chasini asvaltlash, Bahor mahallasi tungi yoritish chiroqlari bilan ta`minlash, Mirzaobod tumaniga bo`lgan zovurni tozalash shuningdek shaxsiy va hudud infratuzilmasiga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. 

Bildirilgan taklif va muammolar deputatlar tomonidan o‘rganib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6