Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
O‘rganish ishlari amalga oshirildi

 O‘rganish ishlari amalga oshirildi 

Joriy yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati J.Abdullaev hamda xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari xamkorlikda tumandagi bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar
holatini o‘rgandilar. 

Xususan, deputatlar tumandagi 3-son oilaviy poliklinikada bo‘lib,
u yerda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar, DMED elektron tizimining ishlash jarayoni, fuqarolarni ro‘yxatga olish,
elektron navbat, tibbiy ma’lumotlarni shakllantirish va saqlash tizimi, shuningdek,
bemorlarga yaratib berilgan qulay shart-sharoitlarni ko‘zdan kechiridilar. Tibbiyot xodimlari bilan muloqot davomida
sohadagi muammo va takliflar tinglandi. 

Shuningdek,
Bahor mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” tomonidan aholi muammolarini
o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash
hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil
qilindi. Mahalla tizimidagi hamkorlik va manzilli ishlash mexanizmlari yuzasidan
fikr almashildi. 

Qaqir mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “IVS-TEXGROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati
faoliyati ham atroflicha o‘rganildi. Korxonada ishlab chiqarish jarayoni, ishchilar
uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.  

Yangichek mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida esa aholi tomonidan ko‘chatchilikni rivojlantirish, tomorqa
yerlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarni
qo‘llab-quvvatlash, agrotexnik maslahatlar berish va bozorga chiqish imkoniyatlarini
kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 8