Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi hamda yoshlar uchrashuvi

Ravot mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari tomonidan 2024-yilda ishsiz yoshlarga qishloq xo‘jaligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 50 sotixdan yer maydonlari ajratilgani, ammo mazkur yer maydonlarida suv ta’minoti mavjud emasligi sababli 2026-yil 25-fevral kuni Ravot mahallasida o‘tkazilgan Kengash qabulida quduq qazish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan. Uchrashuvda so‘z olgan Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi A.Aralov hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Xadjiqulov tomonidan murojaati atroflicha o‘rganildi.
Xususan, tuman Kambag‘alikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassisi H.Qo‘shboqov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi
"2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-49-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mazkur qaror asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadini oshirish hamda infratuzilma muammolarini bosqichma-bosqich hal etish mexanizmlari belgilanganligi qayd etildi.
Shuningdek, qaror doirasida yer maydonlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash, muqobil suv manbalarini yaratish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli davlat dasturlari va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 4