Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Deputat tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi o’rganildi.

Mahalliy Kengash deputati 18-Hazortut saylov okrugi M.Jumayeva Hazortut mahalla fuqarolar yig’inining ijtimoiy xodimi H.Raxmatovaning ish faoliyati o’rganish jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ularni tashkil etish tartibi va amaliy ijrosi atroflicha ko’zdan kechirildi. Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to’lash mexanizmlari, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari va murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan aholi bilan ishlash usullari, ehtiyojmand oilalarning ro’yxatini shakllantirish, ularning muammolarini aniqlash va manzilli yordam ko’rsatish bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Deputat ijtimoiy xodim bilan suhbat olib borib, mavjud muammolar, ish jarayonida uchrayotgan qiyinchiliklar hamda xizmat samaradorligini oshirish bo’yicha taklif va mulohazalarni tingladi.

O’rganish natijasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo’llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordamlarni adolatli hamda shaffof tarzda tayinlash va o’z vaqtida to’lab borishni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur ishlar aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Slide 1 of 1