Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish yig‘ilishida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, hududlarda sayyor qabullarni tashkil qilish, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Deputatlarga yangi qonunlar targ‘iboti ularning joylardagi ijrosi, yurtimizda va tumanimizda amalaga oshirilayotgan
islhotlar bo‘yicha har bir mahalla kesimida aholiga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratiga olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va investitsiya loyihalarining bugungi holatini tahlil qilishga bag‘ishlandi.
 

Quyidagi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi. Hududiy investitsiya dasturi doirasida 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qurilish va infratuzilma loyihalari (ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llar), ijtimoiy soha obyektlari maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari holati. 

Yig‘ilish davomida deputatlarning saylovchilar bilan ishlash tizimi alohida muhokama qilindi. Deputatning asosiy vazifalaridan biri saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammo va takliflarini tegishli organlarga yetkazish va ijrosini nazorat qilishdir. Shu ko‘ra, har oyda kamida bir marotaba hududda sayyor qabul o‘tkazish, har bir mahallada uchrashuvlar tashkil etish, kelib tushayotgan murojaatlarni elektron va yozma ravishda ro‘yxatga olish, tizimli muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tuman kengashi deputatlari o‘z fikr mulohazalari va takliflarni bildirdi. 

Yig‘ilish yakunida deputatlar hududni har tomonlama rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish va saylovchilar ishonchini oqlash yo‘lida yanada faol va hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar. Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi, har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zaro axborot almashish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.  

Slide 1 of 4