Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Deputatlar nazorati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 20-dekabrdagi  “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoni — ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 11-martdagi qaroriga muvofiq shahar markazini aholi yashashi va dam olishi uchun qulay hududga aylantirish, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, shahar markazidagi Mustaqillik va B. Marg‘iloniy ko‘chalari kesishmasida joylashgan mavjud yer osti piyodalar o‘tish yo‘lini rekonstruksiya qilish orqali 40 ta yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur maqsadlar uchun 5,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish ishlarini o‘z vaqtida, sifatli va tizimli amalga oshirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilangan.

Xususan bugun viloyat Kengashi deputati Sh.Karimov va Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev tomonidan qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ul tashkilotlar oldiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish jarayonini belgilangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq va sifatli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha nafaqat shahar infratuzilmasini yaxshilash, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Shu bois deputatlik nazorati doimiy asosda davom ettiriladi

Slide 1 of 5