Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📌 Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati R.Abuov tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Bayanasov Tomdibuloq OFY hududida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZADI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Ayaqquduq OFY Qulumbet ovulida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Sog‘lom millat — yurt taraqqiyotining asosi

#munosabat

Sog‘lom millat — yurt taraqqiyotining asosi

Har bir davlatning eng katta boyligi — uning inson kapitali. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomada shu haqiqatni yana bir bor ta’kidladi: sog‘lom inson — davlatning poydevori, sog‘liqni saqlash esa yurt taraqqiyotining asosi.

📊Murojaatnomada davlat rahbari jahon tajribasidan kelib chiqib, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, profilaktik xizmatni kuchaytirish va tibbiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Prezidentning “faqat kasallikni davolash emas, uning oldini olish madaniyatini shakllantirish kerak” degan so‘zlari sohada yangi bosqichni boshlab berdi.

So‘nggi yillarda Samarqand viloyatida tibbiy xizmat ko‘lami kengaydi. Joylarda yangi shifoxonalar barpo etilib, qishloq vrachlik punktlarining rekonstruksiyasi, “onalik va bolalikni muhofaza qilish” dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar nafaqat infratuzilmani yangiladi, balki odamlarda davlat tizimiga ishonchni ham mustahkamladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida yana bir muhim yo‘nalish — raqamli texnologiyalarni joriy etishdir. Elektron tibbiy kartalar, “onlayn shifokor” xizmatlari va mobil ilovaning yaratilishi odamlarga vaqt va mablag‘ni tejab, tezkor tibbiy yordam olish imkonini bermoqda. Bu — davlat xizmatlarining xalqqa yaqinlashganining amaliy ifodasi.

Murojaatnomada ta’kidlanganidek, tibbiyot tizimini faqat davlat yoki shifokorlar emas, balki butun jamiyat rivojlantiradi. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzi madaniyatini joriy etish, sportni ommalashtirish, soglom ovqatlanish va zararli odatlardan voz kechish masalalari ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Ayniqsa, ayollar va bolalar sog‘lig‘i masalasi har doim ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Samarqandda tug‘ruqxonalar va bolalar shifoxonalarini yangilash, onalar uchun psixologik va tibbiy maslahat xizmatlarini tashkil etish, qishloq mahallalarida patronaj tizimini kuchaytirish bu sohadagi amaliy ishlarga yorqin misol bo‘la oladi.

Shu bilan birga, soha xodimlarining mehnatiga munosib sharoit yaratish, ularning moddiy va ma’naviy rag‘batini oshirish ham davlat siyosatining ajralmas qismiga aylandi. Chunki sog‘lom avlodni tarbiyalashda eng katta mas’uliyat aynan ular yelkasida.

Prezident Murojaatnomasi sog‘liqni saqlash tizimidagi e’tibor va mas’uliyatni yanada oshirdi. Endi bu sohada har bir shifokor, har bir muassasa va har bir fuqaro oldida bitta umumiy vazifa bor — “Sog‘lom millat — kuchli davlat!” tamoyilini hayotga to‘liq tatbiq etish.

 Nargiza Kenjayeva,

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati

✈️

 @sam_vil_deputatlari