#Buni_bilasizmi
#162_ta_qonun
🇺🇿 DEPUTAT KIM?
📜 O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonuniga muvofiq, deputat tushunchasi quyidagicha izohlanadi:
⚖️ Deputat — tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga saylangan hamda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir.
🤝 Deputat — xalq vakili!
Deputat xalq manfaatlarini ifoda etish, fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda hudud rivojiga hissa qo‘shishda muhim o‘rin tutadi.