“DO‘STLIK” MFYDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri Baxtiyor Normatovich Amanov tomonidan “Do‘stlik” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan kommunal va ijtimoiy masalalar tinglanib, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
📌 Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar belgilandi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati