Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_qonun #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Oylik_Ish_reja_ijrosi #Ish_reja_ijrosi “Gulchinor” mahallasida PF–193-son Farmon ijrosi o‘rganildi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida 11-Chuqurko‘l saylov okrugidan saylangan deputat T. Shodiyevning saylov okrugiga qarashli “Gulchinor” mahalla raisi N.Egamberdiyev bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash; 🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash; 🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish; 🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish; 🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; 🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
📊 Savolnoma asosida o‘rganish jarayonida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilindi.
💼 Shuningdek, mahallada yaratilgan ish o‘rinlari, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik loyihalarining samaradorligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Asosiy maqsad — mahallada aholi bandligi va daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlash.