Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Kotibiyat_faoliyati_yuzasidan
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Sherobod tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyatining faoliyatni muvofiqlashtirish hamda metodik yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi rejali tadbirlari doirasida kotibiyat bosh mutaxassisi Bahriddin Zoirov xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati faoliyatini o‘rgandi.

 Mazkur o'rganish doirasida tuman Kengashi kotibiyatining faoliyati joyida o‘rganildi, ish yuritish tizimining amaldagi holatini tahlil qilindi, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan amaliy va metodik tavsiyalar berildi.

 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyatining joriy faoliyatiga oid hujjatlar, jumladan, Kengash sessiyalarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq materiallar, deputatlik so‘rovlari va murojaatlari ijrosi, doimiy komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlar, ish yuritish va ijro intizomi holati hamda boshqa tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, kotibiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, kotibiyat faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5