Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
ZARBDOR KO‘CHASI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

 ZARBDOR KO‘CHASI MUAMMOLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Axmadaliyeva hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Pastki Xonobod mahalla
fuqarolar yig‘ini, xususan, Zarbdor ko‘chasida aholi muammolarini o‘rganish
ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida deputat ko‘chaboshi F.Nuriddinov va aholi bilan muloqot
qilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlarini tingladi.
 

Muloqot davomida ko‘chaboshi hamda aholi tomonidan Zarbdor ko‘chasining 302
metr qismiga asfalt yotqizish zarurligi bildirildi. Deputat mazkur masalani hal
etish maqsadida mahalla raisiga zarur hujjatlarni belgilangan tartibda
rasmiylashtirib, tuman hokimligiga taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
 

Ko‘tarilgan masalaning ijobiy hal etilishi tuman Kengashi tomonidan
nazoratga olinishi ta’kidlandi.
 

Mazkur muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, uning
ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 2